
“Real” Vinisiusning kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Saudiya Arabistoni klublarining Vinisius Juniorni olishga harakat qilayotgan “Real” rahbariyatini bezovta qilayotgan edi.
“Qirollik klubi” o‘z yulduziga bo‘layotgan takliflar ortidan braziliyalik o‘yinchi bilan shartnomani yangilab qo‘yishga qaror qilgan. Vinisius bitimni yangilash uchun katta maosh talab qilayotani aytilmoqda.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, “Real” xo‘jayinlari Vinisius Junior bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aniq belgilab oldi.
Unga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida Vinisius Juniorning transferi borasidagi xabarlarning ko‘payib borayotgan klub rahbariyatini bezovta qilayotgan bo‘lsa-da, ularning o‘yinchi borasida rejasi aniq.
“Real” 24 yoshli to‘purarini sotmaydi. Futbolchi bilan yangi shartnoma tuzish masalasini klub rahbariyati o‘zi istagan paytda amalga oshiradi. Vinisius 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarishi kerak. Uni olmoqchi bo‘lgan klub bir milliard evro miqdorida badal puli to‘lashi shartnomada aniq qilib belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar