“Real” Sulsherga yoqmagan yulduzni chaqiryapti

  • 18 mart, 2021, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted”ning iste’dodli yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini “Real”da davom ettirishi kutilmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga kelganidan beri atigi ikkita uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi xolos. Qolgan bellashuvlarda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Manchesterliklar bosh murabbiyi Sulsher o‘z vaqtida “Ayaks” etakchisi bo‘lgan futbolchiga u qadar jiddiy e’tibor qaratmayapti.

Donni van de Bekka avvaldan xaridor bo‘lgan Zinedin Zidan yozda uni Madridga olib kelmoqchi. “Qirollik klubi” rahbariyati bu transfer uchun inglizlarga 30 million evro taklif qilmoqda.

“Manchester Yunayted” Donni van de Bek uchun o‘tgan yili yozda “Ayaks”ga 44 million evro to‘lagan edi. Manchesterliklar hali madridliklar taklifiga javob qaytargani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!