
“Real” o‘yinchilariga “dahshat” maosh to‘layapti
Nufuzli manbalardan biri – L'Equipe jurnali Ispaniya chempionatida eng katta maosh olayotgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Ushbu ro‘yxatdan mamlakatning amaldagi chempioni “Real” o‘z o‘yinchilariga pul to‘lashda ham etakchi ekani ma’lum bo‘ldi.
Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh olayotgan o‘yinchi Kilian Mbappe hisoblanadi. Frantsiyalik to‘purarning oylik xizmat haqi 2,67 million evroga baholangan.
Umuman olganda, La Liganing eng maoshi katta besh futbolchisidan to‘rt nafari “Qirollik klubi” vakillaridir. Ularning orasiga “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski qo‘shilib qolgan.
“Top-5” reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Kilian Mbappe (“Real”) — € 2,67 mln
2. Vinisius Junior (“Real”) — € 2,5 mln
3. Robert Levandovski (“Barselona”) — € 2,17 mln
4. David Alaba (“Real”) — € 1,88 mln
5. Jud Bellingem (“Real”), Yan Oblak (“Atletiko”) — € 1,67 mln.
Fikrlar