
"Real" nazorat uchrashuvida durang o‘ynadi
Karlo Anchelotti boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Real" klubi yopiq tarzda kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida "Rayo Valekano" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Bellashuvda Isko penaltidan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, Viktor Chustning avtogoli tufayli "Rayo" muvozanatni tikladi.
Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" 25 iyul kuni "Reynjers"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Fikrlar