"Real", MYu va PSJning sobiq futbolchisi MLS klubiga bosh murabbiy bo‘ldi

  • 19 dekabr, 2020, 10:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Gabriel Xayntse MLSda ishtirok etuvchi “Atlanta Yunayted” klubi bosh murabbiyi bo‘ldi.

Tecno

“Bu "Atlanta Yunayted" tarixidagi muhim voqea va biz Gabrielni yangi bosh murabbiy sifatida kutib olishdan mamnunmiz”, - dedi klub prezidenti Darren Ilz.

Gabriel Xayntse futbolchilik faoliyati davomida “Sporting”, PSJ, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Marsel” va “Roma” kabi jamoalarda to‘p surgan. Argentina terma jamoasida 72 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol urgan. Murabbiylik faoliyati davomida «Godoy Krus», «Arxentinos Xuniors» va «Veles Sarsfild» klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!