
Rayola "Yuventus"ga ishonmayapti va shuning uchun Pogbani PSJga pullamoqchi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadan ketishga yaqin turibdi.
Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola mijozining transferi bo‘yicha PSJ bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Rayolaning fikricha, "Yuventus" koronavirus tufayli Pogbaning transferini amalga oshira olmaydi.
Ta’kidlash lozimki, Pogbaga shuningdek “Real” ham xaridor hisoblanadi.
Polning MYu bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yil o‘z nihoyasiga etadi. Ammo, “qizil iblislar”da ushbu kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi mavjud.
Fikrlar