
Rasman! "Vest Xem" "Manchester Siti" yarim himoyachisini ijaraga oldi
"Vest Xem" "Manchester Siti" futbolchisi Kalvin Fillipsni ijaraga oldi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
"Bolg‘achilar" yarim himoyachini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi. Shartnomada sotib olish bandi yo‘q. Avvalroq, londonliklar uni 40 million evroga harid qilish imkoniyatga ega bo‘lishi haqida mish-mishlar chiqqandi.
Fillips 2022 yilning yozida "Lids"dan 49 million evroga sotib olingandi. Bu transfer "shaharliklar"ga qo‘shimchalari bilan 80 million evroga tushgan.
Fikrlar