
Rasman! Vadim Abramovning shartnomasi ikki yilga uzaytirildi
Samarqandning "Dinamo" klubi muxlislari uchun xushxabar.
Gap shundaki, "Dinamo" PFK jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan kelishuv uzaytirilganini rasman ma’lum qiladi.
Vadim Karlenovich bosh murabbiyligidagi jamoa 2024 yilgi mavsumni munosib tarzda o‘tkazdi. Tajribali mutaxassis qo‘l ostida klub natija va futbolchilarning o‘sishi jihatidan ham muvaffaqiyatli odimlay oldi. Klub rahbariyati bularni inobatga olib, Vadim Abramov bilan shartnomani yana ikki yilga – 2026 yilning oxirigacha uzaytirdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar