
Rasman! Morata - "Galatasaroy" futbolchisi
Rasman "Galatasaroy" "Milan" hujumchisi Alvaro Moratani o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
U jamoa safida yarim mavsum ijarada o‘ynaydi. Shuningdek, ushbu bitimni yana bir yilga uzaytirish, yokida shartnomada futbolchini to‘liq sotib olish bandlrari ham mavjud. Morata yangi klubida 77-raqam ostida harakat qilishi aniq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, istanbulliklar ayni paytda Turkiya chempionatining turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Okan Buruk shogirdlari 54 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar