
Rasman! Cheran "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi (foto)
"Paxtakor"ning serbiyalik legioneri Dragan Cheran jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Paxtakor" safida o‘zining to‘purarlik va etakchilik qobiliyatini namoyish etib, hozirgacha jami 73 gol muallifi bo‘lgan Dragan Cheran jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi. Endilikda u 2022 yil oxiriga qadar "sherlar" safida o‘ynashda davom etadi.
Ma’lumot uchun, Cheran "Paxtakor" safida ikki karra O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar