Rasman: "Borussiya" Dortmund yangi murabbiy tayinladi!

  • 15 fevral, 2021, 20:34
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund klubi yangi bosh murabbiyni tayinladi. "Borussiya" Myonxengladbax bosh murabbiyi Marko Roze kelasi mavsumdan dortmundliklar bosh murabbiyiga aylanadi.

Tecno

Roze 2019 yildan buyon «Borussiya» bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi. Myonxengladbaxliklar o‘tgan mavsumda uning qo‘l ostida Bundesligada 4-o‘rinni egallagan, joriy mavsumda esa turnir jadvalida jamoa 7-o‘rinda bormoqda.

Dortmund klubi esa dekabr oyida Lyusen Favr bilan xayrlashgach, jamoani yordamchi murabbiy Edin Terzich boshqarib kelmoqda. «Arilar» Bundesliga joriy mavsumida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Marko Roze faoliyati davomida Menxengladbax jamoasi bilan 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘llanma olishdan tashqari, «Red Bull Zaltsburg» bilan ikki karra Avstriya chempioniga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!