
Rasman! "Arsenal" 40 million evrolik transfer amalga oshirdi
"Arsenal" yozgi transferlar oynasidagi ilk xaridini amalga oshirdi.
"To‘pchilar" "Portu" klubi yarim himoyachisi Fabiu Vieyra bilan shartnoma imzoladi. Uning transferi uchun London klubi 40 million evro pul sarfladi. Shuningdek, 5 million evro bonus ham mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Portugaliya chempionatining 27 ta o‘yinida maydonga tushib, 6 ta gol hamda 14 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar