
Raqobatda Shomurodovni yutgan hujumchiga APL grandi "og‘iz solmoqda"
"Arsenal" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
"La Repubblica" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta rahbariyatdan Janluka Skamakkani sotib olishni so‘ragan. Mutaxassis italiyalik futbolchini jamoadan ketgan Aleksandr Lyakazettning o‘rnini bosa oladi deb hisoblaydi. "To‘pchilar" uning uchun 35 million evrodan voz kechishga tayyor.
Futbolchining o‘zi "Inter"ga o‘tmoqchi, ammo milanliklarning rejasida u yo‘q. "Neradzurrilar" Paulo Dibala va Romelu Lukakudan birni xarid qilishni istaydi.
23 yoshli hujumchi "Sassuolo" tarkibida 38 o‘yinda maydonga tushib, 16 gol va 1 assist muallifiga aylangan. U o‘tgan mavsum "Jenoa"da Eldor Shomurodov bilan asosiy tarkib uchun kurashib, aksariyat vaziyatlarda ustun kelgandi.
Fikrlar