
Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets jangi qachon bo‘ladi?
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov IBF ning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun rossiyalik Sergey Lipinets bilan 16 mayda jang qilishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli mazkur jang ham qoldirilgan.
Bokschimizning ma’lum qilishicha ushbu qarama-qarshilik yoz oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Qudratillo professional ringda 17 marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 9 bora raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar