
Qozog‘iston chempionatida harakat qilayotgan legionerimiz O‘zbekiston termasidan chaqiruv oldi (foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Sian (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Srechko Katanes boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida 13-oktyabr kuni Vetnam, 16-oktyabr kuni esa Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Qozog‘istonning "Oradabasi" klubida harakat qilayotgan legionerimiz Bobir Abdixoliqov ushbu bellashuvlar uchun terma jamoadan chaqiruv oldi. Bu haqda uning klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Abdixoliqov AQShdagi yig‘inda Meksika terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Fikrlar