
"Qizilqum"ni yangi mavsumda boshqaradigan mutaxassis Navoiyda!
“Mavsum-2024”ni 11-pog‘onada yakunlagan “Qizilqum” klubida yangi bosh murabbiy ish boshlaydi. Yaqinda ushbu lavozimda ishlagan Jamshid Saidovning shartnomasi yakunlangani bois jamoa bilan xayrlashgani xususida ma’lum qilgandik.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyati uning o‘rniga serbiyalik 46 yoshli mutaxassis Nikola Lazarevichni qaytarishni lozim topdi. Muxlislar yaxshi biladilar, u 2022 yilgi mavsumda “Qizilqum” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. O‘shanda Lazarevich boshchiligida klub chempionatni 5-o‘rinda yakunlagan.
Lazarevich “Qizilqum”dan keyin Tojikistonning “Istiqlol” jamoasini yarim mavsum boshqardi.
“Qizilqum” rahbariyati va Lazarevich allaqachon kelishib bo‘lishgan va murabbiy ayni paytda Navoiyda. Shu kunlarda uning rasman “Qizilqum” bosh murabbiyligiga qaytgani haqida e’lon qilishadi.
Fikrlar