
“Qarg‘alar” bir jamoaning uch o‘yinchisini “cho‘qimoqchi”
“Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa tarkibini yoshartirish va zaxira imkoniyatlarini kengaytirish kerakligini ta’kidlamoqda.
Uning fikricha, jamoani yanada kuchaytirish uchun yangi hujumchi, markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachi olib kelish lozim.
Klub skautlari murabbiylar shtabiga bir jamoaning uch nafar futbolchisini tavsiya qildi.
“Qarg‘alar”ning texnik direktori Den Eshvort Italiya chempionati vakili “Salernitana”ning uch nafar futbolchisini nishonga oldi.
Uning fikricha, Bulaye Dia hujum chizig‘ida “Nyukasl” to‘purari Aleksandr Isaak bilan raqobatlasha oladi. Bu futbolchi angliyaliklarning asosiy nishoni hisoblanadi.
Lassana Kulibali jismonan baquvvat tayanch yarim himoyachisi. 27 yoshli futbolchi “qarg‘alar” safida Gimaraeshning o‘rnini bosishi mumkin.
Lorentso Pirola esa yosh bo‘lishiga qaramay, xalqaro miqyosida ancha tajriba to‘plagan. 21 yoshli futbolchi Italiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida muntazam o‘ynab kelyapti.
Fikrlar