Pyanich "Inter"ga o‘tishi mumkin

  • 24 iyul, 2021, 19:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich klubdan ketishga juda yaqin turibdi.

Diario AS tarqatgan xabarga qaraganda, bosniyalik futbolchining xizmatlariga "Inter" ham qiziqa boshlagan. “Neradzurrilar” “Evro-2020” paytija yurak xurujiga uchragan va ayni damda davolanayotgan Kristian Eriksenga o‘rinbosar qidirishmoqda. Ular bu borada aynan Pyanich nomzodini ham ko‘rib chiqishmoqda.

Miralemning o‘zi "Yuventus"ga qaytmoqchi. “Keksa sinora”ga qaytgan Massimiliano Allegri ham uni tarkibga qaytarishni istamoqda.

"Barselona" rahbariyati Pyanich bilan tezroq xayrlashmoqchi. Boisi jamoaning murabbiylar shtabi uni yangi mavsum rejalariga kiritmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!