PSJda sekinlashitrilgan “bomba” portlab ketish arafasida

  • 28 sentabr, 2022, 01:11
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir qarashda PSJ va Kilian Mbappe o‘rtasida hech qanday muammo yo‘qdek tuyulishi mumkin, ammo nizo tobora kattalashib bormoqda. Hozircha, bu faktor jamoaning natijalariga ta’sir ko‘rsatmayapti, biroq istalgan paytda pand berib qo‘yishi mumkin. Vaziyat shunchalar qaltismi?

Tecno

Mbappe Neymar bilan yarashib olgani yo‘q!

Frantsuzni Neymar bilan munosabatlari yomonlashganiga ancha bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi keskinlik mavsum boshida o‘zining pik nuqtasiga chiqdi. Ular jamoaning asosiy penalti tepuvchisi kim bo‘lishi masalasida tortishib qoldi. Aynan shu masalani hal qilish maqsadida PSJ rahbarlari kattagina majlis o‘tkazdi. Unda Neymar va Kiliandan tashqari, Ramos, Messi va Galte ishtirok etdi.

Kengash yakunida murabbiy futbolchilar barcha muammolarni shu erda hal qilib bo‘lgani haqida ma’lum qildi. Deyarli barcha bu so‘zlarga ishondi. Har holda, maydondagi hujumchilarning harakatlari shundan dalolat berayotgandek. Braziliya terma jamoasi a’zosi ilk 10 o‘yinda gol+pas tizmida 17 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, xorij nashrlarida bu shunchaki ko‘zbo‘yamachilik ekanligi bot-bot e’lon qilindi.
Taniqli "Goal" nashrining ma’lum qilishicha, Neymar-Mbappe mojarosi hali-hamon hal etilmagan. Neymar jamoani asosiy penaltichisi maqomidan ayrilganini hazm qila olmayapti. Amaldagi Jahon chempioni esa, braziliyalik futbolchilarning kiyinish xonasidagi hukmronligidan norozi. Bu janjal asta-sekin maydonga ham ko‘cha boshladi.

EChL birinchi turidan o‘rin egallagan "Yuventus"ga (2:1) qarshi o‘yin yodingizdami? O‘sha uchrashuvda Mbappe birga-bir holatda, o‘zidan ancha qulay pozitsiyadagi Neymarga pas berishdan bosh tortgan va 100 foiz golli vaziyatni ko‘kka sovurgan edi. Bahs yakunlangach, jamoa matbuot kotibi Neymardan matbuot anjumanida ishtirok etishini iltimos qiladi, lekin u quyidagi so‘zlarni aytib bosh tortadi:

"Aniq men-mi? Agar jurnalistlar bilan hozir gaplashsam, sizlarga muammo tug‘dirib qo‘yishim mumkin!"

g3j4gu3j4hg

Hozircha, ochiqdan ochiq janjal bo‘lganicha yo‘q. "Goal" nashrining yozishicha, Neymar Serxio Ramosning iltimosiga ko‘ra yosh futbolchi bilan nizo yuzaga kelmasligiga harakat qilmoqda. Shuningdek, klub bosh murabbiyi yigitlardan hech bo‘lmaganda kamera oldida o‘zini professional tutishlarini so‘rayapti. E’tiborlisi, bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q yulduzlar ichkaridagi gapni tashqariga olib chiqqanicha yo‘q.

"Yuve"ga qarshi o‘yinda so‘ng murabbiy Neymar va Mbappe janjali haqida berilgan savoldan ustalik bilan qochib qoldi, biroq muammo bor ekani ko‘rinib qoldi. Bu konflikt bir necha kundan so‘ng portlashi aniq bo‘lgan bombaga o‘xshab qoldi. U istalgan muhim o‘yinda pand berishi, orqasidan katta shov-shuv ko‘tarilishi mumkin.
PSJda boshqa chora yo‘q!

"L’equipe"ning ma’lum qilishicha, Kilian parijliklar bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Agar voqealar rivoji shu tempda ketsa, 2023 yilning yozida parijliklar Mbappedan voz kechishga majbur bo‘lishi hech gap emas. Sababi, qahramonimiz jamoasi bilan tuzgan shartnomada 2024 yilga kelib, u erkin agent sifatida boshqa klubga yo‘l olish bandi bor.

Hozir-ku, bunga ehtiyoj yo‘q, biroq... So‘nggi paytlarda, "toshbaqa nindzya" OAV tomonidan ko‘p bor nishonga olinmoqda. Ayniqsa, Mbappening Pol Pogba va uning aka-ukalari bilan sodir bo‘lgan janjalga aralashib qolgani ko‘pchilikning ta’bini xira qildi.Ko‘p o‘tmay, yana bir voqea omma tomonidan juda keskin qabul qilindi. Mbappe "RMC Sport" nashri jurnalisti Dani Riolani sudga berdi. Unga ko‘ra, PSJ hujumchisiga jurnalistning maqolasidagi mana shu so‘zlar manzur kelmagan:

"Bizning futbolni qutqarib qolishi mumkin bo‘lgan vunderkind - Mbappedan xavotirdaman. U so‘nggi yillarda ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Bu haqdagi ayrim haqiqatlarni oshkor qilmoqchi emasman. U ehtiyotkor bo‘lishi kerak".

Bu maqola "RMC Sport" nashrida e’lon qilinganidan bir necha daqiqa o‘tib, o‘chirib tashlangan. Shunga qaramay, internet hech narsani unutmaydi. Skrinshotlar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Birozdan keyin Kilian Mbappening onasi bu maqolaga munosabat bildirdi:

"Ular maqolani o‘chirib yuborib to‘g‘ri qilishdi. Biz allaqachon bu masala borasida nashrni sudga berishni rejalashtirayotgan edik. Jurnalistlarning yolg‘on informatsiyasini Kilianning sobiq do‘sti sizlarga etkazib turganini yaxshi bilamiz. Mbappe haqida istalgancha yozishingiz mumkin, lekin u haqiqat bo‘lishi shart!"

"RMC Sport" jurnalistlarining aytishicha, Kilian shaxsiy hayoti borasidagi ma’lumotlarni omma yuzini ko‘rishini istamayapti. U informatorga aylanganlikda ayblayotgan do‘stini ogohlantirgan hamda barcha nashrlarni uning ruhsatisiz maqola chop etmaslikka chaqirgan. Agar keskinlik oshib borsa, futbolchi juda ham qo‘rqqan ma’lumotlar internetda paydo bo‘lishi xavfi yuqori.

3i4jgi34jgij4s

Muxlislar Mbappedan umid uzgan!

Joriy yilning yozida Mbappeni "Real"ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar deyarli 3 oy to‘xtagani yo‘q. Erkin agent maqomidagi futbolchi uchun kurash olib borgan "qaymoqranglilar" yakunda hech narsaga erisha olmadi. Yaqinda Kilian kutilmaganda Madrid uning ikkinchi uyi ekanligi aytdi.
"Nima bo‘lishini oldindan aytish imkonsiz. Men hech qachon bu jamoa sharafini himoya qilmaganman, ammo u menga xuddi o‘z uyimdek".

Katta ehtimol bilan, "qaymoqranglilar" Mbappe borasida PSJga boshqa taklif bilan chiqmaydi. Bundan avvalgi rad javobi va so‘nggi paytlardagi mish-mishlar futbolchining reputatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab muxlislar Kilian yakunda jamoani tark etishini bashorat qilmoqda. "Le10Sport" nashri fanatlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unga ko‘ra, 34 foiz inson Parij forvardini 2023 yilda transferga qo‘yilishini taxmin qilgan. 20 foiz muxlis uni hech qachon ketmasligiga ovoz bergan bo‘lsa, qolganlar hujumchining kontrakti yakuniga qadar Parijda qoladi, deb hisoblamoqda.

Ko‘rinib turibdi-ki, PSJning ashaddiy muxlislari ham Kilianni PSJ afsonasiga aylanishiga ishonch bildirmayapti. Nosir Al-Xelayfi "Real" Madridni ortda qoldirib, uni tarkibda saqlab qoldi, biroq futbolchining qalbidagi klubga bo‘lgan hurmatni emas. Voqealar rivoji shunday davom etsa, 2023 yilning yozida "Mbappening transferi" serialini yangi fasli ekranlarga chiqadi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!