
PSJ muxlislari Frantsiya kubogini boykot qilmoqchi
PSJ klubining Collectif Ultras Paris, deb nomlangan muxlislar birlashmasi Twitter sahifasida “Sent-Eten”ga qarshi bo‘ladigan Frantsiya kubogi finalida poytaxt klubi ishqibozlari uchun 5 ming dona chipta ajratilgani uchun ushbu bahsga boykot e’lon qilgani haqida ma’lum qildi.
"Bizning o‘rtamizda ushbu chiptalarni taqsimlash va finalda parijlik muxlislarning ishtiroki imkonsiz narsa", - deb yozadi Collectif Ultras Paris.
Aytish kerakki, PSJ va «Sent-Eten» jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 24 iyul kuni 82 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan «Stad de Frans» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar