PSJ Mbbappega o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 7 fevral, 2024, 15:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi yozda ketishi kutilayotgan hujumchi Kilian Mbappega o‘rinbosar topdi. Kilian 2023/24 mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, parijliklar asosiy nomzod sifatida "Milan" a’zosi Rafael Leuni ko‘rmoqda. Biroq, 24 yoshli portugaliyalikning shartnomasida 130 million evrolik tovon puli mavjud.

Joriy mavsumda Leau Italiya A Seriyasida 20 ta bahs o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!