PSJ Donnarummaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi!

  • 11 avgust, 22:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" 26 yoshli darvozabon Janluiji Donnarummani klubdan ketishiga undamoqda. Frantsuz grandi uni 13 avgust kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘tadigan Evropa Superkubogi uchrashuvi uchun "Friuli" stadionidagi ro‘yxatga kiritmadi.

Tecno

"RMC Sport" nashrining xabariga ko‘ra, parijliklar italiyalik posbonga boshqa jamoaga o‘tishni tavsiya qilmoqda. Donnarummaning amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Gianluigi Donnarumma of Paris Saint-Germain looks on during the FIFA Club World Cup 2025 final match between Chelsea FC and Paris Saint-Germain at...

Insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, Donnarumma hech qanday holatda PSJ bilan shartnomani uzaytirmaydi va yozda yoki keyingi mavsum erkin agent sifatida klubni tark etadi. Futbolchining atrofidagi shaxslar bu vaziyatni unga nisbatan noinsofona deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, PSJ yaqinda "Lill"dan Lyuka Shevaleni 40+15 mln evroga xarid qildi. Jamoa tarkibida yana ikki posbon — Matvey Safonov va Arnau Tenas ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!