
Pro-liga. 2-turdan so‘ng turnir jadvali qay holatda? (Foto)
O‘zbekiston Pro-ligasida 2-tur bellashuvlari ortda qoldi.
12 martdan Pro-ligada 2-tur bahslari boshlandi. Bugun kun doirasidan o‘rin olgan 3 ta o‘yin o‘tkazildi.
"Andijon" o‘z uyida "Yangier"ni ishonchli 2:0 hisobida taslim etdi. "G‘ijduvon" "Xorazm" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shuningdek, "Mash’al" mezbonlik qilgan bahsda "Zomin" darvozasiga ikki marta yo‘l topdi.
Ushbu uchrashuvlardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan.
Fikrlar