
Prezident futbolchilarni kutib olish uchun diplomatik safarni bekor qildi
Afrika Millatlar kubogi finalida Senegal va Misr terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Teng kurashlar ostida kechgan bahsda Sadio Mane boshchiligidagi senegalliklar 4:2 hisobi bilan penaltilar seriyasida zafar quchdi. Mamlakat prezidenti Maki Sall 7 fevral, dushanba kuni butun davlatda dam olish kuni deb e’lon qildi.
Jamoaning qit’ada tengsizga aylanishi butun Senegalda bayram sifatida nishonlanadi. Shuningdek, terma jamoa bugun Dakar shahriga qaytadi. Davlat rahbari futbolchilarni shaxsan kutib olish uchun diplomatik safarni bekor qildi.
Ma’lumot uchun, senegalliklar o‘z tarixida ilk bor qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar