
Prevyu. "Surxon" – "Qo‘qon-1912"
Superliganing 4-turida "Qo‘qon-1912" jamoasi "Surxon"ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 24-marta to‘qnash kelgan. "Surxon" o‘yinlarning 11 tasida zafar quchgan, 11 ta bahsda vakillarimiz qo‘li baland kelgan. Ikkita uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 38-37, jamoamiz foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda "Surxon" 35 ochkoni qo‘lga kiritgan. "Qo‘qon-1912" ochkosi 35 tani tashkil etadi.
Superliganing 4-turida ishlaydigan rasmiy shaxslar nomlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra Termizda bo‘lib o‘tadigan "Surxon" – "Qo‘qon-1912" bahsini Nikita Mustafin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Bosh hakam: Nikita Mustafin
Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Zufar Eliboev
Zaxira hakami: Ma’ruf Tilloev
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Elnur Doniyorov
Komissar: Sherzod Rajabov
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga soat 20:15 da start oladi.
Fikrlar