Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

  • 19 iyul, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Qozog‘iston premer-ligasida “Ordabasi” va “Tobol” klublariga muxlislik qilmoqda.

Tecno

Sababi oddiy – “Tobol”da asosiy hujumchi vazifasini O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev bajarib kelmoqda.

“Ordabasi” esa himoyada mustahkam o‘ynayotgan Odilbek Abdumajitovdan tashqari kuni kecha Shahboz Umarovni ham o‘z safiga qo‘shib oldi.

f469c607d2082654f0cad8770138d4fa

Yaqin kunlargacha Shimkent jamoasi yangi o‘yinchilarni transfer qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishiga FIFA tomonidan ta’qiq qo‘yilgandi. Bunga argentinalik futbolchi Pablo Fontanelloning shikoyati sabab bo‘lgandi. Biroq masala hal etildi, FIFA ta’qiqni echdi va “Ordabasi” yangi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Shimkentliklar mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlaganiga qaramay, birinchi davrani kuchli uchlikda yakunladi. Yozgi transferlar davrida “Ordabasi” ikki qanot uchun hujumkor futbolchilar – Akmal Baxtiyorov va Maksim Fedinni oldi. Himoya chizig‘iga Dominik Dingani taklif qildi. Bu o‘yinchi boshqa lenioner – jamoada o‘zini ko‘rsata olmagan Evgeniy Chegovets o‘rnini egalladi.

“Ordabasi”ning himoya qo‘rg‘oni Odil Abdumajitov, Karam Sultonov va Sagadat Tursinboydan tarkib topgan va Dinga himoyachilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish uchun olib kelindi.

Eng e’tiborlisi, “Ordabasi” tarkibini O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod Shahboz Umarov bilan kuchaytirdi. Oxirgi yarim yilda legionerimizning boshidan ancha ishlar o‘tdi. 23 yoshli futbolchimizning legioner sifatidagi faoliyati juda muvaffaqiyatli boshlangandi. 2020 yili “Energetik-BGU”da o‘ynagan Umarov kelasi mavsumni BATE safida o‘tkazdi va darrov jamoa etakchisiga aylandi. O‘tgan mavsum u 27 ta uchrashuvda oltita gol va sakkizta assist bilan borisovliklarning eng zo‘r o‘yinchilari qatoridan joy oldi.

Umarov 2022 yilgi mavsumda jamoasini Belarus chempionatida chempionlik va UEFA tasnifidagi xalqaro musobaqalarda uzoqroqqa etaklashi kutilgandi. Lekin mavsum boshlanishi arafasida bosh murabbiy Aleksandr Mixaylov bilan mojarolashgani oqibatida yangi mavsumda biror marta maydonga tushirilmadi.

Oxir-oqibat, Shahboz “Ordabasi”dan qo‘nim topdi. Shimkentliklar uni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Qozoq klubi ham Umarovning yorqin o‘yinchi ekanini, biroq o‘ziga yarasha murakkab xarakterga egaligini yaxshi biladi.

“Ordabasi” varianti legionerimiz uchun faoliyatini jonlantirish nuqtai nazaridan juda yaxshi variant. Shimkentliklar premer-ligada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda. Umarov o‘zining kreativ o‘yin uslubi bilan ularni hatto chempionlik uchun kurashishiga yordam berishi mumkin.

Qozog‘iston premer-ligasini kuzatib borayotgan ekspertlar “Ordabasi” hujumida Shahboz Umarov, Elxan Astanov va frantsiyalik Serj  Nyuadzi uchligi vujudga kelgani va ularning imkoniyati oshganini ta’kidlashmoqda.

shakhboz-umarov-bate-1624524641-65950

“Ordabasi” bu futbolchilar yordamida Qozog‘iston premer-ligasi chempionligi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qolaversa, qo‘shni mamlakat chempionatida O‘zbekiston futbolchilari o‘ynayotgan “Tobol” va “Ordabasi” o‘rtasidagi raqobatni kuzatish o‘zbekistonlik ishqibozlar uchun ham ancha qiziq bo‘ladi.

Shahboz Umarov maydonning har ikki qanotida va hujum markazida o‘ynay oladi. Bir necha pozitsiyada harakat qilishni uddalaydigan iste’dodli futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uchta uchrashuvda maydonga tushgan va hali samaradhli ko‘rsatkichlar qayd etgani yo‘q.  

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

Umarovning qadriga etmagan BATE ketma-ket qoqilmoqda!

Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!

Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

Evropa klubi o‘zbek futbolchisiga “klient” qidiryapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!