
Poytaxt derbisini Sherzod Qosimov boshqaradi
Unda Toshkentning ikki nomdor jamoasi - "Paxtakor" va "Lokomotiv" o‘zaro bahs olib boradi. PFL mazkur uchrashuvda ishlaydigan rasmiylar nomini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu bellashuvni Sherzod Qosimov boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordamlashadi. Zaxira hakami Asker Najafaliev.
Superliga, 1-tur
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Asker Najafaliev.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Laziz Qo‘chqorov.
Fikrlar