Pogba MYuning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi

  • 10 iyul, 2020, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi xavbeki Pol Pogba kecha APLning 34-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz ko‘rsatayotgan o‘yinlarimizdan qoniqyapmiz, chunki biz davom etishimiz kerakligini bilamiz. Biz o‘yindan, mashg‘ulotlardan oldin “Manchester Yunayted” buyuk klub ekani va biz ushbu maqomni muntazam ushlab turishimiz kerakligi haqida gaplashamiz.

So‘nggi bir necha haftadan buyon ko‘rsatayotgan o‘yinimiz bu “Manchester Yunayted”ning o‘yini. Biz o‘z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak, chunki qilinadigan ishlar ko‘p. Bu mavsum Angliya kubogi va Evropa ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilganmiz”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!