Pogba MYudan ketadigan bo‘ldi

  • 28 oktabr, 2020, 12:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning frantsiyalik yulduzi Pol Pogba jamoani tark etish bo‘yicha bir qarorga keldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, u jamoadagi muhit va Britaniya matbuoti bosimidan charchagani uchun mavsum yakunlanishi bilan Manchesterdan ketmoqchi.

Avvalroq, klub xo‘jayinlari Pogbani yangi shartnomaga ko‘ndirish uchun, maoshini ko‘tarishni va’da qilgandi. Endi esa, rahbarlar tajribali yarim himoyachining ketishiga to‘sqinlik qilmoqchi emas.

Ayni paytda “Yuventus”, “Real” va PSJ Pogba atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu jamoalar yozda Pogbani qo‘lga kiritish uchun o‘zaro raqobatlashishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!