
Pereyra o‘rta vaznga qaytadimi?
Yarim og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra ijtimoiy tarmoqlarda post yozib, bir jang uchun o‘rta vaznga qaytishi mumkinligiga ishora qildi.
"Balki o‘rta divizionga oxirgi marta qaytishim kerakdir...", – deb yozgan Pereyra ijtimoiy tarmoqlarda. Pereyra allaqachon o‘rta vazn toifasida UFC chempionlik kamariga ega bo‘lgan, ammo keyin u Adesanyaga imkoniyatni boy berib, yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Drikus Dyu Plessi "UFC 297" turnirida Shon Striklendni mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylandi.
Fikrlar