
"Paxtakor"ning "tillarda doston" bo‘lgan futbolchisi jamoani tark etdi
Bugun Superliga 10-turdan o‘rin olgan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" bahsi o‘tkazildi. Bellashuvda tomonlar darvozalarga yo‘l topa olishmadi.
Uzoq tanaffusdan so‘ng "sherlar" gol urishni uddalay olmagan bo‘lsa, jizzaxliklar bekorga yuqori o‘rinda bormayotganini isbotladi.
Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida toshkentliklar ustozi Piter Xyuistra jamoaning eng ko‘p pul ishlab topadigan legioneri Eren Derdiyok jamoani tark etganini ma’lum qildi.
Eren "Paxtakor" safida 1 300 000 evro maosh olardi. Ushbu ma’lumot klub matbuot xizmati tomonidan ommaga oshkor etishgach, ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar yuzaga keldi. Chunki Derdiyok eng ko‘p pul oladigan futbolchi edi...
Fikrlar