"Paxtakor" futbolchisiga AQShning qaysi klublari qiziqayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 28 dekabr, 2020, 15:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bu mavsum ham ichki frontda barcha sovrinlarni o‘ziniki qildi. Shuningdek, OChLda ham chorak finalga qadar etib bordi.

Tecno

Jamoaning yorqin o‘yin ko‘rsatuvchi futbolchilaridan biri Doston Hamdamovga AQSh klublaridan taklif bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali hamyurtimiz xizmatiga qiziqish bildirayotgan klublar nomini oshkor qildi. MLS Sharqiy konferentsiyasida ishtirok etayotgan "Filadelfiya Yunion" va "Toronto" jamoalari 24 yoshli vingerni sotib olmoqchi.

Hamdamov bu mavsum "sherlar" safida 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan. Avvalroq, uning o‘zi SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida bunday xabarni mish-mish deya olmasligini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!