"Paxtakor" 19 yoshli Germaniyada tug‘ilgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 9 iyul, 2023, 16:08
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Paxtakor" klubi yosh iqtidorli futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. 

Germaniya hamda Qirg‘iziston fuqaroligiga ega bo‘lgan 19 yoshli Kimi Merk "sherlar" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, u hujumkor yarim himoyachi hisoblanadi. 

Qayd etish lozim, u Germaniyaning "Kayzerslatern" klubining yoshlar jamoasida to‘p tepgan, ammo asosiy jamoa safida debyut qilmagan. 

Tecno

Futbolchi ayni dam tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Tez orada klub bu transferni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ЖУРАЕВ ХАЙРУЛЛО
09/07/2023 16:20
Энг зур янгилик