
“Parij-2024”: Argentina terma jamoasini o‘g‘ri urdi
Parij Olimpiadasini mag‘lubiyat bilan boshlagan va katta mojaroni boshdan o‘tkazgan Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano shogirdlari duch kelgan noxush voqea haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk uchrashuv oldidan terma jamoa yarim himoyachisi Tyago Almadaning qimmatbaho shaxsiy buyumlari o‘g‘rilab ketilgan.
Bizga ajratilgan mashg‘ulot maydonchasiga o‘g‘ri tushdi. Tyago Almadaning qimmatbaho narsalari va soatini o‘marib ketishgan. Biz bu haqda gapirmoqchi emasdik.
Lekin bu erda bizni muntazam qattiq tekshirishyapti, har qandamda akkreditatsiya ko‘rsatishimizni, shaxsni tasdiqlovsi hujjat berishimizni talab qilishmoqda. Shunga qaramay, g‘alati ishlar ham bo‘lyapti, - dedi Xaver Maskerano.
Olimpiya o‘yinlari chempionligiga da’vogar sanalgan argentinaliklar birinchi uchrashuvda Marokash terma jamoasidan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar