
O‘zbekistonga qarshi 10-o‘yin!
2015 yil O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdi. Ushbu bahsda Karlush Keyrush shogirdlari Mehdi Torabining yagona goli evaziga yutib ketadi. Shu bilan birgalikda, uchrashuvda yana bir voqelik sodir bo‘ladi.
Bellashuvni 23 yoshli Mehdi Taremi ismli hujumchi asosiy tarkibda boshlagandi. Bu futbolchining terma jamaodagi debyut o‘yini hisoblanadi. Shundan keyin u o‘zbeklarga qarshi barcha turnirlarda 9 marotaba to‘qnash keldi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘nggi bahsda jamoasining ikkinchi golini urgan Taremi 9 ta uchrashuvdan 3 marta darvozamizni ishg‘ol qilgan bo‘lsa, bitta assist ham amalga oshirgan.
Yaqinlashib kelayotgan uchrashuv futbolchi uchun O‘zbekistonga qarshi 10-o‘yin bo‘ladi.
Fikrlar
Ангрендир туғилган жойи,
«Пахтакор»ни эркатойи,
Мухлисларнинг ёқимтойи,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Доим кулиб, олға юрган,
Кареяга голлар урган,
Гол урса хам, ютолмаган,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Ватан учун берарди жон,
Билмадилар хеч бир инсон,
Йиғлаб кетган дилда армон,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Эх, Араблар йиғлаб қолган,
Ракибдан хам олқиш олган,
Мухлис кўз ўнгида қолган,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Юртга қайт, Сашажон укам,
Мухлисларинг сенга малхам,
Устозларга қанот бўлиб,
Элга танит, Ўзбекни хам.