O‘zbekistonda tug‘ilgan xokkeychi AQSh termasi safida jahon chempioni bo‘ldi (video)

  • 6 yanvar, 2021, 10:44
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Kanadaning Edmonton shahrida xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga etdi. Musobaqaning finalida Kanada va AQSh terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. "Rojers Pleys" muz saroyida kechgan uchrashuvda amerikaliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z tarixida beshinchi marta jahon chempioni bo‘ldi.

Tecno

E’tiborlisi, amerikaliklarning ikkinchi goliga asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Artur Kaliev hammualliflik qildi. Ma’lumot uchun, Artur Kaliev 2001 yil Toshkentda tug‘ilgan. Uning oilasi Artur yoshligida AQShga ko‘chib ketgan. Ayni vaqtda Kaliev Milliy xokkey ligasi (NHL)da ishtirok etuvchi "Los-Anjeles Kingz" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!