O‘zbekiston shaxmat terma jamosi jahon chempionligini qo‘lga kiritsa, davlat tomonidan qancha mukofot puli berilishini bilasizmi? (foto)

  • 25 noyabr, 2022, 08:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, Isroilda FIDE jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Unda O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi bugun finalda Xitoyga qarshi dona suradi. Shaxmatchilarimiz chempionlikni qo‘lga kiritsa, qancha pul mukofotiga ega bo‘lishlarini bilasizmi?

Tecno

O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 avgustdagi "Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-347-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga mufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallaganliklari uchun beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga ko‘ra jahon miqyosidagi musobaqalarda oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining (joriy holatga ko‘ra 300 ming so‘m) 300 barobari (90 million so‘m), trenerlarga 150 barobar (45 million so‘m), kumush medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchiga 150 barobar (45 million so‘m), trenerga 37.5 barobar (22.5 million so‘m) bir martalik moddiy rag‘batlantirish beriladi.

photo_2022-11-24_23-56-01

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!