
O‘zbekiston MTJning finaldagi raqibi Uganda FIFA reytingida qaysi o‘rinda ekanligini bilasizmi?
Namanganda o‘tayotgan "Navruz Cup" finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Uganda o‘ynaydigan bo‘ldi.
Hamyurtlarimizning hal qiluvchi bahsdagi raqibi FIFA reytingida 84-o‘rinda bormoqda. Biznikilar esa 85-pog‘onada qayd etilgan. Finalga reytingda ketma-ket o‘rinlarda borayotgan jamoalar chiqdi. Termamizning ilk raqibi 96-o‘ringa joylashgan.
"Navruz Cup" 2 ta yarim final, 3-o‘rin uchun bahs va finaldan iborat. Dastlab Uganda qo‘shni Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 bilan yakunlangach, penaltilar seriyasida Afrika jamoasi 5:4 hisobida zafar quchdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa Qirg‘iz Respublikasini 3:1 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi 3-o‘rin uchun bellashuvda qatnashadi. Srechko Katanets shogirdlari finalda Ugandani sinovdan o‘tkaadi. Ikki bellashuv ham 29 mart kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar