
O‘zbekiston jahon chempionatining nimchorak finalida qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynaydi?
Xabaringiz bor, bundan biroz avval O‘zbekiston futzal terma jamoasi Misrni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda o‘z tarixida ilk bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
“B” guruhida 2-o‘rinni egallagan terma jamoamiz 1/8 final bosqichida “F” guruhining 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Bu guruh g‘olibligi Argentina va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hal bo‘ladi. Mag‘lub jamoa nimchorak finalda O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Hozirda har ikkala terma jamoa hisobida ham 6 tadan ochko mavjud. Ammo to‘plar nisbati Argentinada nisbatan yaxshiroq. Shu sababli ushbu o‘yinda durang qayd etilgan taqdirda ham, argentinaliklar guruh peshqadamligini saqlab qolishadi.
Terma jamoamizning 1/8 final bosqichidagi o‘yini 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar
Lekin ketingi o'yinda qanaqa xisobda yutqaza ham gap yo'q ularga balkim yutarmiza ammo Eron ham Argrntina ham dunyo miqiyosida juda kuchli jamoa xisoblanadi shuni unutmaslik kerak