
O‘zbekiston - Suriya: Jamoalar Osiyo kubogining dastlabki o‘yinlarida qanday natijalar qayd etgan?
Xabaringiz bor O‘zbekiston Osiyo kubogidagi yurishini Suriyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ushbu bahsdan oldin bu ikki terma jamoalar haqidagi qiziqarli faktlar bilan tanishing.
O‘zbekiston va Suriya Osiyo kubogida bir marotaba to‘qnash kelgan. 1996 yil BAAda bo‘lib o‘tgan turnirning so‘nggi turiga vakillarimiz bitta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bilan etib kelgandi. 3-turda Suriya bilan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, guruhning so‘nggi o‘rinida qolib ketganmiz.
O‘zbekiston Osiyo kubogini boshlab olishda katta muammolarga duch kelmagan. Chempionatning ilk bahsida 7 bora o‘ynagan bo‘lsa, shulardan 5 tasida zafar quchgan.
Suriya esa dastlabki 6 ta bahsning faqatgina bittasida g‘alaba qozongan. 3 marta durang o‘ynab, 2 bora mag‘lubiyatga uchragan. Terma jamoa umumiy kubokda 21 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 7 tasida zafar quchgan.
Fikrlar