O‘zbekiston - Saudiya uchrashuvining sharhlovchisi: Havo sovuq, lekin qalin kiyinib kelishga arziydigan o‘yin bo‘ladi

  • 14 noyabr, 2019, 14:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi oldidan mutaxassislarning fikrlarini berib borishda davom etamiz.

Tecno

"Sport" telekanali sharhlovchisi Murod Rizaev bellashuv borasida taxminlarini bildirib o‘tdi.

photo_2019-11-14_11-29-12

- Bugun ajoyib uchrashuv bo‘ladi. Ikkala jamoada turnir jadvalida 1-o‘ringa mustahkam joylashib olish uchun imkoniyat bor. Ob-havo sovuq ekanligiga qaramasdan barchani muxlislarni stadionga chorlab qolaman. Hamma viloyatlardan ishqibozlar kelishini istardim. Chunki juda muhim bahsda biroz bo‘lsa-da, muxlis bo‘lib turibmi, foydamizni Vatanimiz terma jamoasiga qo‘sha olsak bizdan baxtli inson bo‘lmaydi. Nima uchun biz dunyoga kelganmiz, shuni futbolni sevadigan muxlislarga singdira olishimiz lozim. Mana shu paytda, albatta, ishqibozlarning ko‘magi zarur. Buni Odil Ahmedov ham aytib o‘tdi. Faqat buni muxlislar yuraklariga joylashtira olishlari darkor. O‘ylaymanki, qalin kiyinib, oyoqlarga 2-3 ta paypoq kiyib bo‘lsa ham kelib qo‘llab-quvvatlab turishsa bo‘ladi.

Uchrashuvda hujumkor va ochiq futbol kutyapman. Saudiya Arabistonining kuchli jihatlari ko‘p. "Al Hilol" klubining o‘yinini kuzatdim. OChL-2019ning birinchi finalida saudiyaliklar Janubiy Koreya vakilini mag‘lubiyatga uchratdimi demak, o‘sha klubdagi 7 futbolchi bir-birini yaxshi tushunib harakat qila oladi. "Urava Red Daymonds"dan gol o‘tkazib yubormadimi, bu himoya va markazning kuchliligidan dalolat. Shu boisdan bugun yarim himoyachilar jangi kuzatilishi mumkin, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Menimcha, Abramov buni his qilib turibdi.

Saudiya Arabistoni hujumda va himoyada ko‘pchilik bo‘lib harakat qila oladi. Tarkibda mahoratli futbolchilar etarli.

Evre Renar terma jamoani yaqindagi qabul qilib olgani bizning foydamizga ishlashi mumkin. Kelishi bilan bir qator futbolchilarni terma jamoadan chetlatdi. O‘zi xohlagan o‘yinchilarni tarkibga jalb etdi. Yoshroq, tezkor, yuguradigan futbolchilarni tarkibga qo‘shib va muhitni iloji boricha yaxshilashga urinmoqda. Balki qaysidir taktik usullar borasida nimagadir vaqti etmagan bo‘lishi mumkin. Lekin bu erda gap raqibda emas, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z o‘yinini ko‘rsata olishida.

To‘g‘ri, biz 2 ta uchrashuvda yaxshi o‘ynadik, yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritdik. Endi gap shunday o‘yinni kuchli jamoalarga qarshi bellashuvlarda ko‘rsata olishimizda qoldi. Ob-havoning sovuq kelishi bizga as qotishi mumkin.

Bugun tarkib borasida Vadim Abramovdan syurpriz kutmayapman. O‘sha tarkibni saqlab qoladi. Sanjar Qodirqulov yaxshi harakat qilmoqda va menimcha, u maydona tushadi. Qolganlarni qanday qilib almashtirish mumkin?! Maydon markazida o‘zgarishlar qilishi mumkindir. Chunki bo‘yi baland futbolchilar zarur. Bu erda Qodirqulov bilan birga Shukurov va Ahmedov to‘p tepishsa kerak. Qolaversa, himoya markazida o‘zgarish kuzatilishi mumkin.

Guruhdagi asosiy raqobatchimiz so‘zsiz Saudiya, Falastin emas. Falastin bizni mag‘lub etganidan so‘ng hamma uni ko‘kka ko‘tardi. Bularning barchasi vaqtinchalik deb o‘ylayman. To‘g‘ri, Falastin futboli rivojlanyapti. Lekin bizning yomon o‘yinimiz evaziga ular g‘alaba qozonishdi. Nasib qilsa, 19 noyabr kuni ulardan qasos olamiz.

8711570729878

Taxminiy tarkibimiz: Eldor Suyunov, Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Rustamjon Ashurmatov, Isloim To‘xtaxo‘jaev, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov Ahmedov, sanjar Qodirqulov Qodirqulov, Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov.

Qolaversa, uchrashuv "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. Sharhlovchi esa ovoz berish orqali aniqlandi. Unga ko‘ra kamina boshqalarga nisbatan ko‘proq ovoz to‘pladim va bellashuvni sharhlayman. Stadionda ko‘rishguncha!, - dedi murod Rizaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Norpulatov Islom
14/11/2019 16:11
Assalomu aleykum hammaga avvalambor termamizaga omad tilab qolaman... Lekin tarkibda katta xato bor o'rtola Ahmedovni yoshi utib qolgan busa markazda bitta bulimda uynab berishi mumkin lekin ximoyada turomidiku hujumkor futbolchini nima kere unaqa ratatsiya qilib. Shuncha yoshlarimiz bor bulsa nega Oston Urunovni chaqirishmadi olimpiyada termamizadegi eng bir temir futbolchimizidi nima kere endi bu qariya futbolchilar bizaga bulani bizaga bundan oldin ham foydasi tekkani yugidi bundan keyin ha tegmidi foydasi. Islom Tuxtaxo'jayev nima kere ximoyada darvozabonchi suyunov umumman keremas a borkuu bizada olimpiyamizadegi darvozabonlarimi osiyo chempiyoni bulgan darvozabonlarimiza xullas o'rtola tarkib xato rattasiyani yoshlarni urtasida utqizish kere chet elliklarni ketini poylamasdan uzimiznikilarni qadriga yetaylik... axir yoshlar bizni kelajagimiz. man ishonaman tarkibbizni yoshlarimiz bilan boyitsak nafaqat jaxon chempionatiga chiqamiz balki qanaqadur urinlarni ulardan kutishimiz ham mumkin... nima bulganda ham termaga omad