
O‘zbekiston - Quvayt: Matnli translyatsiya
Futzal bo‘yicha Quvaytda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston hamda Quvayt termalari o‘zaro kuch sinashmoqda. Mazkur bellashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib boring.
O‘zbekiston - Quvayt 3:0
40. Uchrashuv yakuniga etdi. Unda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
39. Vakillarimiz erta pressing qilmoqda.
38. O‘yinning co‘nggi daqiqalari o‘tib bormoqda. Hisob hamon 3:0
36. Darvozamiz oldida raqib futzalchilari xavfli vaziyatlar yaratmoqda. Ba’zan darvozabon, ba’zida esa futzalchilarimiz jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
35. Kuvaytlik futzalchi bo‘sh qolgan darvozamizga yo‘l topa olmadi.
34. GOOOOOOLLLL! Hisob 3:0 ko‘rinishiga keldi. Nishonov bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
33. Vakillarimiz yaxshi himoyalanmoqda.
32. Olisdan yo‘llangan zarbamizga biroz aniqlik etishmadi.
31. Taym aut.
30. Kuvaytliklar o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qilmoqda.
29. Vakillarimizda gol urish uchun yaxshi imkoniyat vujudga keldi, ammo kuvaytliklar to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi.
28. Kuvayt xavfli vaziyat yaratdi. Ammo Eliboev vaziyatni nazorat qilib turgandi.
26. Kuvaytliklar o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qilmoqda.
25. Futzalchilarimiz 2 ga 1 vaziyatga chiqib borgandi. Rahmatov to‘pni o‘zida ko‘p ushlab qoldi hamda imkoniyat qo‘ldan chiqdi.
24. Qanotdan uzatib berilgan to‘pni To‘lqinov bo‘sh darvozaga yo‘llay olmadi.
23. UXX! Darvozamiz oldida o‘ta xavfli vaziyat yaratildi. Darvozamiz bo‘sh qolgandi. Ammo futzalchilarimiz amallashdi.
22. Darvozamiz oldida xavfli jarima zarbasi. Kuvaytlik futzalchiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi.
21. Ikkinchi bo‘lim start oldi va bo‘lim boshidanoq Davron Choriev oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. U qanotdan yorib kirib, aniq va kuchli zarba yo‘lladi.
20. 1-bo‘lim yakuniga etdi. Hozircha vakillarimiz oldinda - 1:0.
20. Bahodir Ahmedov taym aut bo‘ldi. 1-taym yakunlnishiga 24 soniya qoldi.
20. Gol urish uchun ajoyib imkoniyat, ammo Choriev Hamroevga to‘pni aniq etkazib bera olmadi.
19. Akbar Usmonov parketda jarohat olib yotibdi.
19. UXXX! Eliboevdan ajoyib seyv
18. Quvaytliklarning olisdan yo‘llayotgan zarbalari darvozabonimizgacha etib bormayapti.
16. Vakillarimiz himoyada ishonchli harakat qilmoqda. Hozircha quvaytliklar o‘ta xavfli vaziyatlar yarata olganicha yo‘q.
15. Quvaytliklarning olisdan yo‘llagan zarbasini himoyachimiz qaytardi.
14. GOOOOOL! O‘zbekiston terma jamoasi uchrashuvda hisobni ochdi. Gol muallifi Anasxon Rahmatov. U o‘zining kuchli va aniq zarbasi bilan O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
12. Vakillarimiz 9 daqiqadan buyon xavfli vaziyat yarata olmadi.
12. Tailandliklar himoyada qaltis harakat qildi. Biroq vakillarimiz bundan unumli foydalana olmadi.
11. Uchrashuvning 10 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha hisob 0:0.
11.Quvayt futzalchisi jarohat olib maydonda yotibdi.
10. Quvayt bosh murabbiyi taym aut oldi. 1 daqiqalik tanaffus.
9. Raqiblar xavfli hujum uyushtirdi. Biroq himoyachilarimiz ishonchli harakat qilmoqda.
8. Quvayt futzalchisining olisdan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
7. Rahmatovning olisdan yo‘llagan zarbasi yo‘l-yo‘lakay raqib futzalchisiga tegib qoldi.
6. Quvaytliklar Eliboev chiziqdan tashqarida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi, deb hisoblamoqda. Ammo aut.
5. Quvayt oldinga o‘tmoqda. Ammo himoyachilarimiz ishonchli harakat qilmoqda.
4. Rahmatovning uzatmasini sherigi tushunmadi.
3. Vakillarimiz jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, Futzalchimizning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘siniga tegdi.
2. Nishonov bugun ancha faol harakat qilmoqda.
1. Ilk daqiqalardan vakillarimiz hujumga o‘tdi, ammo Nishonov darvoza tomon zarba bera olmadi.
1. Uchrashuvga start berildi.
Fikrlar