
O‘zbek muaytay olamining yangi yulduzi qachon ONE Championship bilan shartnoma imzolaydi?
Kecha Tailandning Bankok shahrida One Lumpine turniri bo‘lib o‘tdi. (Bu ligada MMA va professional muaytay bo‘yicha janglar tashkil qilinadi va o‘zini bir nechta janglarda ko‘rsata olgan sportchi asosiy ONE Championship bilan shartnoma tuzish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.) Ushbu jang kechasida ikki nafar hamyurtimiz navbatdagi janglarini o‘tkazdi. Jumladan, Doniyorbek Ro‘ziev shogirdi, 59 kg vaznda Kamronbek Ortiqov MMA yo‘nalishida o‘z debyutini nishonlab, avstraliyalik raqibini mag‘lub etgan bo‘lsa, yana bir vakilimiz Sherali Jo‘raev shogirdi Aslamjon Ortiqov 58 kgda professional muaytay bo‘yicha ushbu ligada ikkinchi jangini o‘tkazdi. U tailandlik Petxuaninga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, 3-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi. Odatda, bu ligada yorqin g‘alabalarga erishilsa, asosiy promoushen ONE Championship bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘lar edi.
Biz ushbu masala yuzasidan Aslomjonni fikrlari bilan qiziqdik.
- Avvalo, meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ha, bu ligadagi 2-jangim bo‘ldi va shukrki, g‘alaba qozondim. Asosiy liga bilan shartnoma tuzish bo‘yicha biror bir aniq fikr bildira olmayman. O‘ylaymanki, yana bitta ushbu ligada chiroyli tarzda g‘alaba qozonsam, shartnoma berishsa kerak. Albatta, shu promoushenlarda jang o‘tkazib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish. Nasib qilsa, yurtimizga chempionlik kamarlarini olib borishni maqsad qilganmiz.
Fikrlar