
O‘ynatmasang, Manchesterdan ketaman!
Bu yilgi yozgi transferlar oynasining oxirgi kunlarida “Manchester Yunayted” o‘yinchisi Kobbi Maynu klubni tark etib, boshqa jamoaga o‘tib ketishi kutilyapti.
Nufuzli manbalardan talkSPORT nashrining ma’lum qilishicha, iste’dodli futbolchi 1 sentyabrga qadar o‘ziga tushadigan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Kobbi Maynu mavsum boshidayoq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Dastlabki ikki turda “Arsenal” va “Fulxem” bilan bo‘lgan uchrashuvlarda Kobbi zaxirada qolib ketdi. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan.
20 yoshli futbolchi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kobbi asosiy jamoa tarkibida shu paytga qadar 72 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ettita gol va ikkita assist rasmiylashtirib qo‘ygan.
Fikrlar