
Ot sporti. Konkurchilarimiz Xanchjou-2022 oldidan Slovakiyadagi turnirda ishtirok etadi
6-10 sentyabr kunlari Slovakiyaning Shamorin shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Šamorín - Danube Champions Tour IV 2023” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Jahon kubogining final bosqichi va Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari mazkur musobaqada ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz turnirda 4 nafar chavandoz bilan qatnashadi. Jamoa sardori Bekzod Qurbonov “Matts” va “Santos Xipika” laqabli tulporlarda, shuningdek, Xurshidbek Alimjonov “Chempions Ligas”, Umid Kamilov “Kadesso”, A’zam Tolibboev esa “Ledi” otlarida startga chiqadi.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar