
Osiyo kubogi. 6 ta gol urilgan o‘yinda Janubiy Koreya Malayziya bilan durang o‘ynadi
Osiyo kubogining 3-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Malayziya uchrashuvi 3:3 hisobi bilan tugadi.
O‘yinda dastlab Jong hisobni ochgan bo‘lsa, malayziyaliklar ikki bora javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 83-daqiqada Kang In jarimadan bergan zarbasinidan keyin Hazmi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 90+4 daqiqada esa Son penaltini aniq amalga oshirdi, lekin 90+15 daqiqada Morales imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Janubiy Koreya guruhda ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.
Fikrlar