Osiyo chempionatining 4-kuni ham biz uchun omadli boshlandi

  • 3 dekabr, 2024, 12:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Etiborlisi, 4-kun doirasida, 48 kg da Shodiyorjon Meliqo‘ziev mezbon bokschi Nathangpong Thuamcharoenga qarshi jang qildi. Bahs davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan yurtdoshimiz yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Asilbek Jalilov va mo‘g‘ilistonlik Davadorj Likhagvadorj o‘rtasidagi to‘qnashuv kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!