
O‘runov bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov bugun "Ufa" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda "Sport24.ru" internet portali yozmoqda.
Manbaning xabar berishicha, boshqirdistonliklar O‘runovni "Spartak"dan mavsum so‘ngiga qadar ijaraga oladi. Legionerimiz ikkinchi bor ijara asosida "Ufa"ga qaytmoqda.
O‘runovning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Rossiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida Oston 16ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar