
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Nasaf" - "Istiqlol": Bellashuvda yuz bergan asosiy voqealar! (Matnli translyatsiya)
O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Nasaf" hamda "Istiqlol" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bellashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
"Nasaf" - "Istiqlol" - 2:0.
90. Uchrashuv yakuniga etdi. "Nasaf" 2:0 hisobida "Istiqlol"dan ustun keldi.
82. Umarbek Eshmurodov o‘rniga Bekjon Rahmatov maydonga tushirildi.
73. Nurulloevning aniq zarbasini "Istiqlol" darvozaboni qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi.
69. Qarshiliklar tarkibida o‘zgarish: Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov va Jaba Jigauri o‘rniga Doniyor Narzullaev, Suhrob Nurulloev va Bahrom Abdurahimov maydonga tushishdi.
62. Yana bitta GOOOOOOOOOL! Jigauri dublni rasmiylashtirmoqda. Amonovning ajoyib uzatmasidan keyin Jigauri darvozabon bilan birga bir chiqib bordi. Birinchi zarbani darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo qaytgan to‘pga yana o‘sha birinchi gol muallifi Jaba ega chiqdi va dublni rasmiylashtirib qo‘ydi - 2:0.
52. GOOOOOOOOOOOOL! Bozorovning uzatmasidan so‘ng Jigauri raqib darvozasining olis burchagini aniq nishonga oldi - 1:0.
51. Burchak zarbasidan so‘ng G‘olib G‘aybullaevning olis masofadan yo‘llagan kuchli zarbasidan so‘ng to‘p raqib darvozasi ustidan o‘tib ketdi.
46. "Nasaf" tarkibida o‘zgarish bo‘ldi: Umidjon Ergashev, Zafarmurod Abdirahmatov va Marko Stanoevich o‘rniga Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov va Shuhrat Muhammadiev maydonga tushdi.
46. Ikkinchi taymga start berildi.
45. Birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha bellashuvda hisob ochilmadi - 0:0.
39. Umar Eshmurodov ogohlantirildi.
36. Ergashevdan seyv. U Mabatoshoevning aniq zarbasidan so‘ng to‘pni qaytardi.
34. G‘olib G‘aybullaevga sariq kartochka ko‘rsatildi.
31. Mozgovoyning jarima zarbasidan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p jonli devorga tegib, maydonga qaytdi.
29. Himoyachilar yana xavfni bartaraf etdi.
28. Burchak zarbasi "ajdarlar" foydasiga.
23. Mehmonlar tartibli himoyalanmoqda.
19. Nasrullaevning ideal uzatmasiga Jigauri birozgina ulgurmadi.
15. Jarima zarbasini raqib himoyachilari xavfsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi.
8. Jigaurining to‘xtatmasdan bergan zarbasi noaniq ko‘rinish oldi.
6. Himoyachilarimiz xatosidan so‘ng Alisher Jalilov Ergashev darvozasi tomon zarba yo‘lladi. Ammo uning urinishi ko‘ngildagidek chiqmadi.
1. Uchrashuvga start berildi!
Fikrlar