
“Oltin to‘p”ga faqat shu futbolchi loyiq
“Real” direktori Emilio Butrageno jamoa hujumchisi Karim Benzemaga UEFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirilganiga munosabat bildirdi.
- Karim Benzema kabi o‘yinchilarning borligi futbolga baxt keltiradi. Men Karim “Oltin to‘p”ni olishiga umid qilaman, chunki o‘tgan mavsumdagi o‘yinidan kelib chiqib, bu nufuzli sovringa faqat u da’vogarlik qilishga loyiq.
Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan Karlo Anchelotti iqtidorli ijrochilardan jamlangan tarkibimizni ajoyib tarzda boshqardi. Jamoada tajriba va yoshlik shijoati uyg‘unlashgan. Aynan mana shu omil “Real”ga o‘zi loyiq bo‘lgan sovrinlarni keltirdi.
Jamoamizning Chempionlar ligasida 14-marotaba g‘olib chiqishiga bizlarni muntazam qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimiz ham katta hissa qo‘shdi, - dedi o‘z vaqtida “Real” safida porlagan Emilio Butrageno.
Fikrlar